Tramp AQSH ommaviy axborot vositalariga tahdid qildi

11:13 10 Dekabr 2025 Dunyo
350 0

Foto: Reuters

AQSH prezidenti Donald Tramp bir nechta Amerika OAVlarini sogʻligʻining yomonlashib borayotgani haqidagi xabarlarni nashr etgani uchun tuhmatda aybladi va ularga qarshi sanksiyalar qoʻllash bilan tahdid qildi. U bu haqda oʻzining “Truth Social” ijtimoiy tarmogʻida yozdi.

U shu oʻrinda davlat rahbari sifatidagi vazifalarini muvaffaqiyatli bajarayotganini va tez-tez tibbiy koʻrikdan oʻtayotganini qoʻshimcha qildi.

Trampning soʻzlariga koʻra, u sarflagan barcha vaqt va kuchga qaramay, “The New York Times” va boshqa bir qator nashrlar uning “sustlashayotganini”, avvalgidek aqliy jihatdan oʻtkir emasligini yoki sogʻligʻi yomonlashganini haqida yozgan.

“Ular bu haqiqat emasligini, men juda koʻp, ehtimol avvalgidan ham koʻproq ishlayotganimni bilishsa-da», shunday qildi deya taʼkidladi AQSH rahbari.

Shu oʻrinda Tramp qachon “sustlasha” boshlashini bilishini qoʻshimcha qilib, ammo bu hozir sodir boʻlmayotganini qayd etgan.

Prezident uning sogʻligʻi yomonligi haqidagi ommaviy axborot vositalari xabarlarini “isyon va hatto davlatga xiyonat qoʻzgʻashga” qaratilgan ochiqchasiga yolgʻon va tuhmat deb atadi.

“Ular (ommaviy axborot vositalari) xalqning haqiqiy dushmani va biz bu borada biror narsa qilishimiz kerak”, — deydi Oq uy rahbari.

Shu yilning noyabr oyi oxirida “The New York Times” gazetasi 79 yoshli Trampning gʻayratli va faol siyosatchi qiyofasini saqlab qolish tobora qiyinlashib borayotgani haqida qayd etilgan maqola chop etdi.

Jurnalistlarning xabar berishicha, prezident Oq uy tadbirlari paytida bir necha marta uxlab qolgan va vaqti-vaqti bilan nutq soʻzlashni ham oʻtkazib yuborgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?