Tramp amerikaliklarga “oltin davr” vaʼda qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Kongressda yillik “Ittifoq holati” murojaati bilan chiqish qildi. Qariyb 1 soat 48 daqiqa davom etgan nutq Qoʻshma Shtatlar tarixidagi eng uzun “Ittifoq holati” murojaati sifatida qayd etildi.
Oq uy rahbari oʻz nutqida asosiy eʼtiborni mamlakat ichidagi asosiy muammolar, jumladan, chegara xavfsizligi, inflyatsiya va avvalgi maʼmuriyatdan meros boʻlib qolgan iqtisodiy qiyinchiliklarga qaratgan hamda amerikaliklar uchun “oltin davr” boshlanishini vaʼda qilgan. Tramp AQSHning xalqaro maydondagi nufuzi oshganini ham qoʻshimcha qilgan.
Tramp ikki soatga yaqin nutqi davomida Rossiya–Ukraina mojarosini atigi bir marta tilga olgan boʻlib, Qoʻshma Shtatlar ushbu mojaroni tugatish uchun jiddiy harakat qilayotganini aytgan. Bundan tashqari, Kiyev Amerika qurollarini NATO davlatlari orqali bepul emas, balki toʻliq narxda olishini ham bildirib oʻtgan. Trampning qoʻshimcha qilishicha, NATO aʼzolari tashkilot umumiy byudjetiga yalpi ichki mahsulotning 5 foizi miqdorida hissa qoʻshish boʻyicha kelishuvga erishgan.
AQSH prezidenti ushbu nutqi davomida Meksikadagi “Xalisko yangi avlodi” karteli rahbari “El Mencho” laqabi bilan tanilgan Nemesio Osegera Servantesning yoʻq qilinishida AQSHning harakatlarini ham eʼtirof etgan. Mutaxassislar fikricha, mazkur murojaat Trampning ichki siyosat va milliy xavfsizlik masalalariga ustuvor ahamiyat qaratayotganini yana bir bor namoyon etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring