Tramp: Agar Eron yadroviy dasturini qayta tiklasa, AQSH qaytib keladi
Foto: Jonathan Ernst / Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp agar Eron yadroviy salohiyatini tiklashga urinadigan boʻlsa, Vashington Islom Respublikasiga qarshi yana zarba berishini istisno etmadi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Biz Yaqin Sharqda urushlarni toʻxtatdik, Eronning yadroviy qurolga ega boʻlishining oldini oldik. Ular hammasini qayta boshlashlarini aytishlari mumkin, lekin bu ular uchun juda xavfli qadam boʻladi. Chunki biz qaytib kelamiz. Ular boshlashi bilanoq biz qaytamiz. Va menimcha, ular buni yaxshi tushunib turibdi”, — dedi Tramp Oq uydagi matbuot anjumanida.
Yaqindagi harbiy qarama-qarshiliklar
Eslatib oʻtamiz, 13-iyunga oʻtar kechasi Isroil Eronning yadroviy va raketalar dasturlariga qarshi harbiy operatsiya boshlagan edi. Oradan koʻp oʻtmay, Eron javob zarbasini berdi.
Toʻqqiz kun oʻtib, AQSH Eronning Isfahon, Natanz va Fordo shaharlaridagi yadroviy obyektlariga havodan zarba berdi. Bu hujumlarga javoban Eron Qatarda joylashgan AQSHning Yaqin Sharqdagi eng yirik harbiy bazasi — “Al-Udeyd”ga hujum uyushtirdi.
Keyinchalik Isroil va Eron oʻzaro kelishuvga erishib, oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi kelishuvni imzolashdi. Ushbu kelishuv 24-iyundan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring