Tojikistonlik 30 nafarga yaqin rektor Samarqand davlat universitetida boʻldi
Foto: Shavkat AKRAMOV
Toshkentda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston — Tojikiston rektorlari forumi ishtirokchilari Samarqandga tashrif buyurdi.
Tojikiston Respublikasi Taʼlim va fan vaziri Rahim Saidzoda boshchiligida 30 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari rektorlari Samarqand davlat universitetida boʻldi.
Mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti (SamDU) rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.
SamDU Axborot xizmati xabariga koʻra, forum ishtirokchilari tashrif davomida universitetning arxeologiya, zoologiya muzeylarini koʻzdan kechirdi. Biokimyo instituti kampusida boʻlib, dars jarayonida ishtirok etdi. Oranjeriyaga sayohat qilishdi. Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjar nomidagi laboratoriya faoliyati bilan tanishdi. Delegatsiya aʼzolari Samarqand davlat universitetida yaratilgan sharoitlarni koʻrib, universitet faoliyatiga yuqori baho berdi.
Rustam Xolmurodov Xoʻjand davlat universiteti rektori Ayub Usmonzoda bilan tarix, arxeologiya, Tojikiston texnika universiteti rektori Qudrat Davlatzoda bilan muhandislik, IT, kimyo, iqtisod, Tojikiston agrar universiteti rektori Usmon Mahmadyorzoda bilan agrobiotexnologiya sohalari boʻyicha bir qator kelishuvlarga erishdi.
Maʼlumot uchun, Samarqand davlat universiteti mazkur forum doirasida Tojikiston Milliy universiteti, Koʻlob, Boxtar, Tojikiston davlat tijorat universiteti va Tojikiston pedagogika institutlari bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring