Tojikistondan gʻalaba, Eron magʻlubiyatga uchradi
Bugun, 22-noyabr kuni 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkazilayotgan “CAFA kubogi” musobaqasining dastlabki tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Oʻyinlarga Oʻzbekiston milliy futbol markazining yopiq inshootdagi stadioni mezbonlik qildi.
Musobaqani boshlab bergan oʻyinda Tojikiston U18 qizlar terma jamoasi Turkmaniston oʻsmirlarini 2:0 hisobiga magʻlubiyatga uchratdi. Oʻyinda kiritilgan gollarga Rayhona Shomurodova va Mehrnigor Mirzoyeva mualliflik qildi.
Ikkinchi oʻyinda esa Qirgʻiz Respublikasi terma jamoasi Eron termasi ustidan 1:0 hisobiga gʻalabaga erishdi. Oʻyinda kiritilgan yagona gol Janara Saburbekova hisobiga yozildi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston U18 terma jamoasi musobaqadagi ishtirokini 23-noyabr kuni boshlaydi. Shu kuni Viktoriya Sirota shogirdlari Tojikiston terma jamoasiga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring