Tojikiston poytaxti Dushanbeda kuchli portlash yuz berdi

23:53 01 May 2021 Dunyo
2839 0

Bugun, 1-may kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida kuchli portlash yuz berdi.

Poytaxt yongʻin xavfsizligi boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, portlash avtomobillarga yoqilgʻi quʻyish shahobchasida yuz bergan.

Guvohlarning soʻzlariga koʻra, kuchli portlash zarbidan atrofdagi turar joy binolariga ham zarar yetgan. Jabrlanganlar ham borligi aytilmoqda.

Ammo rasman qurbonlar va jarohatlanganlar haqida maʼlumot berilmagan.

Portlashdan soʻng kuchli yongʻin sodir boʻlgan. Oʻtni bartaraf etish uchun bir yarim soatdan koʻp vaqt sarflangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?