Tojikiston Oʻzbekiston COVID-sertifikatlarini rasman tan oladi

22:06 08 Mart 2022 Jamiyat
859 0

Foto: Illustrativ foto

Joriy yilning 15-martidan boshlab Tojikiston-Oʻzbekiston davlat chegarasidagi nazorat-oʻtkazish punktlari faoliyati odatdagi ish rejimiga oʻtkaziladi.

Maʼlum qilinishicha, yuqumli kasalliklar nazorati faqat COVID-19 infeksiyasiga qarshi toʻliq emlanganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani taqdim etish asosida, yaʼni Tojikiston hududida koronavirus infeksiyasi boʻyicha virusologik tekshiruvsiz amalga oshiriladi.

Respublika shtabi tomonidan qabul qilingan qarorga koʻra, Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash organlari va muassasalari, shuningdek, MDHning boshqa davlatlari tomonidan COVID-19ga qarshi emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlar rasman tan olinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?