Toj Mahal suvga g'arq bo'lmoqda
Dunyoning yangi yetti moʻjizasi unvoniga nomzodlar biri bo‘lgan Toj Mahal cho‘kmoqda. Yamuna daryosi suvlari afsonaviy maqbara devorlarigacha ko‘tarildi, deya xabar bermoqda "MIR24" telekanali.
Musson mavsumi tufayli Hindiston bo'ylab suv toshqinlari yuz bermoqda. Oqibatda daryolarda suv sathi keskin ko'tarilgan. Buning natijasida Toj Mahal atrofidagi bog‘ allaqachon suv ostida qolgan. Bu 45 yil ichida birinchi marta sodir bo'lmoqda. Suv toshqini hozirda Agradagi boshqa tarixiy obidalarga ham tahdid solmoqda.
“Suv juda ko'p. Bu yerda hamma narsa suv ostida qolmoqda. Suv ibodatxonalarga kiradi, uylarimizga kiradi, hovlilarni suv bosadi. Bu odamlar va binolar uchun katta muammo. Binolarning poydevorini yuvib ketishi mumkin natijada ular qulab tushadi”, - deydi ibodatxona ruhoniysi.
Ma'lumot uchun, Yamuna daryosi sathining ko'tarilishi oqibatida Toj Mahalni oxirgi marta 1978-yilda suv bosgan. Shundan so‘ng daryo bo‘yida to‘g‘on qurilgan. Ammo hozirda suvning ko'tarilishi bir yarim metrdan oshib ketdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring