Tovlamachilik yoʻli bilan hokimlik mansabdorlaridan pul undirmoqchi boʻlgan “bloger” ushlandi
Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi, 1995-yilda tugʻilgan bloger, tuman hokimligi mansabdorlaridan moddiy mablagʻ undirishni maqsad qilib, ularning faoliyati xususidagi asossiz va noxolis materiallarni doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish yoʻli bilan tahdid qilib, ushbu materiallarni tarqatmaslik evaziga 15 million soʻm miqdoridagi pullarni tovlamachilik yoʻli bilan talab qilgan.
Taʼkidlanishicha, 6-aprel kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, bloger mansabdor shaxsdan tovlamachilik yoʻli bilan 15 million soʻm miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring