“Toshshahartransxizmat” AJ rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan transport sohasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Xususan, “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi D.A., bosh muhandisi A.A. hamda 1 va 8-avtobus saroyi filiallari rahbarlari T.D. va I.B.lar oʻzaro til biriktirib, avtobus saroylaridagi ehtiyot qismlar, yoqilgʻi mahsulotlarini talon-toroj qilish yoʻli bilan davlat manfaatlariga juda koʻp miqdorda iqtisodiy zarar yetkazishgan.
Hozirda holat yuzasidan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan “Toshshahartransxizmat” AJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, AJ raisi va bosh muhandisi hamda 1 va 8-avtobus saroyi filiallari rahbarlariga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring