Toshkentning ikki tumanida kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.S.” MCHJ masʼul shaxslari korxonaga hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablagʻi evaziga garovga qoʻyilgan 700 mln soʻmlik zanjirli ekskavatorning zavod seriya raqamlarini qalbakilashtirib sotib yuborganliklari oqibatida, bank manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Yakkasaroy tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro F.R. oʻzi norasmiy boshqarib kelayotgan “M.P.” MCHJga soyali shrot xom ashyosi sotib olish uchun ajratilgan kredit mablagʻidan 328 000 yevroni boshqa maqsadlarda sarflab, talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring