Toshkentga mehnati singgan mashhur rassom vafot etdi

15:10 03 Sentyabr 2024 Jamiyat
479 0

Taniqli rassom Vladimir Burmakin 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi xabar berdi.

Qayd etish kerakki, u koʻplab jahonga mashhur suratlarning muallifi hisoblanadi. Shuningdek, Toshkentdagi monumental pannolar, jumladan, “Paxtakor” metro bekati, “Xalqlar doʻstligi” saroyi va boshqalarning muallifi hamdir.

Maʼlum boʻlishicha, 31-avgust kuni taniqli rassom, sanʼat arbobi, Badiiy akademiya aʼzosi, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibidir.

Vladimir Burmakin 1938-yilda Yekaterinburgda tugʻilgan. Shunga qaramasdan, bolalik va yoshlik yillarida Oʻzbekistonda taʼlim olgan. Maktabdan soʻng Pavel Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida oʻqigan.

Soʻngra Samarqandda ikki maktabda tasviriy sanʼat va chizmachilik oʻqituvchisi boʻlib ishlagan, Toshkentdagi Ofitserlar uyida bosh rassom boʻlgan. Keyinchalik Toshkent teatr va rassomlik institutiga oʻqishga kirgan.

1970-yillarning oʻrtalarida Vladimir Burmakin “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi, “Paxtakor” metrosi bekati, “Mehnat zaxiralari” sport kompleksi hamda “Zarafshon” restoranining yuz qismi uchun pannolar yaratgan. Shuningdek, u Toshkent aeroporti, sobiq Senat binosining ichki zali va boshqa mozaikalar muallifi hamdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер