Toshkentdan Qarshiga qoʻshimcha poyezd yoʻlga qoʻyiladi
“9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024-yilning 8, 9-may kunlari “Toshkent — Qarshi — Toshkent” yoʻnalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qoʻshimcha harakati yoʻlga qoʻyildi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
762-sonli “Toshkent — Qarshi” yoʻnalishi
Toshkent 6:59 — Qarshi 10:33
761-sonli “Qarshi — Toshkent” yoʻnalishi
Qarshi 16:51 — Toshkent 20:20
Eslatib oʻtamiz, qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl chiptaxonalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Chiptalarni nafaqat temir yoʻl chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: eticket.railway.uz
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring