Toshkentdan Krasnodarga muntazam avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Joriy yilning 8-aprelidan boshlab Rossiyaning Krasnodar shahriga Toshkentdan muntazam avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.
Qatnovlar “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan haftaning seshanba va juma kunlari “Yutong” avtobuslarida amalga oshiriladi. Ilk avtobus 8-aprel kuni 20:00 da “Toshkent” avtovokzalidan joʻnab ketadi.
Rossiyaga chiptalar narxi 900 ming soʻm etib belgilangan boʻlib, ularni elektron shaklda avtoticket.uz sayti orqali yoki “UzBus” mobil ilovasidan, shuningdek, “Toshkent” avtovokzali kassalaridan xarid qilish mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumotlarni +998 71 207-87-00 raqami orqali olish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring