Toshkentdan Fargʻona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi

12:44 27 Mart 2024 Jamiyat
614 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–135-son qaroriga muvofiq Toshkent shahridan Qamchiq dovoni orqali Fargʻona vodiysi viloyatlariga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi.

Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qaroriga muvofiq shaharlararo-viloyatlararo yoʻnalishlar boʻyicha navbatdagi ochiq tender tanlovlari 2024-yilning 1-may sanasida boʻlib oʻtadi.

Tenderga qoʻyilgan lotlar:

YT – 1150-sonli Toshkent sh. – Namangan sh. ikki tomondan

YT – 1151-sonli Toshkent sh. – Fargʻona sh. ikki tomondan

YT – 1153-sonli Toshkent sh. – Andijon sh. ikki tomondan

Ushbu yoʻnalishda qatnovlarni amalga oshirishda quyidagi talablar mavjud:

— Qamchiq dovoni orqali yoʻlovchilarni tashishda foydalaniladigan va haydovchidan tashqari oʻn toʻrttagacha oʻrindiqqa ega boʻlgan M2 toifadagi transport vositalariga;

— bunda faqat 1-apreldan 1-noyabrga qadar boʻlgan davrda kunduzi;

— ishlab chiqarilganiga 3-yildan oshmagan va gaz ballon uskunalari oʻrnatilmagan;

— sekinlashtiruvchi uskunasi (togʻ tormozi) mavjud boʻlgan;

— harakatni kuzatish navigatsiya qurilmasi va taxograf oʻrnatilgan transport vositalarida kamida 7-yil staji bor haydovchilarga avtomobil transportida yoʻlovchilarni tashish faoliyati uchun litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda qatnovni amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Tenderga joylashtirilgan yoʻnalishlar haqida batafsil maʼlumotlarga ega boʻlish hamda tenderda qatnashish uchun takliflarni taqdim etish jarayonlari e-tender.uztrans.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер