Toshkentdagi yana bir savdo majmuasida yongʻin chiqdi
Videodan kadr
Toshkent shahridagi yana bir savdo majmuasida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 11-fevral kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani “Novza” metro bekati yaqinidagi savdo majmuasining tom qismida yongʻin kelib chiqqan. FVBBga bu boʻyicha xabar kelib tushgach, qutqaruv va yongʻin oʻchirish boʻlinmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.
Qutqaruv boʻlinmalari soat 18:03 da majmuaga yetib borib, binoda boʻlgan barcha fuqarolarni zudlik bilan evakuatsiya qilgan.
Maʼlum boʻlishicha, savdo majmuasining tom qismida 30 pagona/metrda elektr kabelining qizishi tufayli quyuq tutun hosil boʻlgan, yongʻin yuz bermagan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring