Toshkentdagi yana bir koʻcha asfaltlash ishlari sabab yopiladi
Toshkentdagi yana bir koʻcha taʼmirlash ishlari olib borilayotgani tufayli vaqtincha yopiladi. Bu haqida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi maʼlum qildi.
Unda aytilishicha, yoʻllarda 2-bosqich asfaltlash ishlari olib borilishi sababli Bektemir tumani Ohangaron shoh koʻchasi hamda Husayn Boyqaro koʻchalarini bogʻlovchi Rohat 1-tor koʻchasi (suratdagi xaritada keltirilgan) avtomobil harakati uchun vaqtinchalik yopiladi.

“Shu munosabat bilan, mazkur yoʻldan harakatlanuvchi haydovchilarga aylanma yoʻllardan foydalanishni tavsiya qilamiz. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr soʻraymiz”, deyiladi boshqarma xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring