Toshkentdagi tungi klubda yuz bergan janjal yuzasidan maʼlumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi tungi klubda dahshatli janjal sodir boʻlgani, unda bir fuqaro boshqasini urib yiqitgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mushtlashuv joriy yilning 16-mart kuni tungi soat 02:30 larda Yakkasaroy tumanida joylashgan restoranlardan birida yuz bergan. Unda 30 yoshli A.Sh. oʻzining 40 yoshli tanishi X.A. bilan tortishib qolib, oʻzaro janjallashgan. Bu vaqtda 35 yashar B.A. ularni ajratishga harakat qilgan, biroq A.Sh. uni urib, tan jarohati yetkazgan.
Oqibatda B.A. “bosh miya jarohati, oʻng yuzidan lunji yirtilgan jarohati va spirtdan zaharlanish” tashxisi bilan shifoxonaga olib borilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
“Tergov harakatlari davom etmoqda, yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring