Toshkentdagi oshxonalardan birida yirik yongʻin kelib chiqdi. Voqea joyiga FVV rahbariyati yetib borgan

15:17 26 Iyul 2021 Jamiyat
999 0

FVV qutqaruvchilari tomonidan Toshkent shahri Olmazor tumanidagi oshxonalardan birida yuzaga kelgan yongʻin bartaraf etildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga koʻra, bugun, 26-iyul kuni soat 13:14da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Olmazor tumani Ahmad Donish koʻchasida joylashgan “Zamondosh” oshxonasida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan. 

«Qisqa vaqt ichida Favqulodda vaziyatlar vazirligining 5 ta yongʻin-qutqaruv guruhi voqea joyga jalb etildi.

Binoning taxminan 400 kv.metr maydoni yongʻindan zararlangan. Yongʻin soat 13:33da oʻrab olindi va soat 14:31 batamom oʻchirildi. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati yetib borgan», deyiladi xabarda. 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?