Toshkentdagi mebel sexida yongʻin yuz berdi
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahri Olmazor tumanidagi mebel ishlab chiqarish korxonasida yongʻin sodir boʻldi. Poytaxt FVB axborot xizmati hodisa boʻyicha maʼlumot berdi.
Unga koʻra, bugun, 18-sentyabr kuni soat 07:28 da Olmazor tumani Usta Shirin koʻchasidan yongʻin xabari kelib tushgan. Qutqaruv ekipajlari yongʻinni 07:58 da qurshab olgan, soat 08:56 da batamom oʻchirgan.
“Jarayon shahar FVB boshligʻi Muxtor Muhitdinov nazoratida amalga oshirildi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida jarohat olgan va vafot etganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring