Toshkentdagi Majburiy davolash narkologiya shifoxonasida antisanitariya holatlari aniqlandi
Ombudsman o‘rinbosari va mintaqaviy vakil tomonidan Toshkent shahar Majburiy davolash narkologiya shifoxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent shahar majburiy narkologiya shifoxonasi 2010-yildan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda. Muassasa 105 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda to‘liq quvvatda faoliyat yuritmoqda. Shifoxonaga belgilangan tartibda, sud qarori bilan qabul qilinadi.
Shifoxonadagi bemorlar bilan yakka va jamoaviy tartibda suhbatlashildi. Shuningdek, davolanuvchilar sharoitlari, ovqatlanishi, ularga tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar sifati, ularni saqlash xonalari o‘rganildi.
Monitoring davomida bir qator kamchiliklar aniqlandi. Xususan, shifoxona oqova suv (kanalizatsiya) quvurida yuz bergan nosozlik sababli badbo‘y hid chiqib, bemorlarni saqlash sharoitiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, isitish qozonini yangi, tejamkor, zamonaviy isitish qozoniga almashtirishga ehtiyoj zarur.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, shu kabi muassasalarda majburiy davolanayotgan shaxslar mavsumiy kiyim-bosh bilan ta’minlanishi belgilangan bo‘lsa-da, haligacha bu borada tegishli choralar ko‘rilmagan.
Monitoring tashriflari yakunlariga ko‘ra, mutasaddi vazirlik va idoralarga Ombudsman ta’sir choralari shakldagi hujjatlar kiritilishi ta’minlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring