Toshkentdagi koʻchalardan biri 2 oyga yopildi

17:07 18 Oktyabr 2024 Jamiyat
251 0

Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Oʻzbekiston ovozi” koʻchasining bir qismi 2 oyga yopildi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, “Oʻzbekiston ovozi” koʻchasining Shahrisabz koʻchasi bilan kesishmasidan Istiqlol koʻchasigacha boʻlgan qismi 18-oktyabrdan 20-dekabrgacha avtomobillar harakati uchun yopilgan.

Mazkur koʻchada 24/7 rejimda faoliyat yuritadigan servis markazlari tashkil etiladi. Bundan tashqari, koʻchaning infratuzilmasi ham oʻzgarib, aholiga, yoʻlovchilarga va shaharsozlik normalariga moslashtiriladi.

“Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz!” deyiladi hokimlik xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?