Toshkentdagi YTHlarda 6 kishi jabrlandi

Videodan kadr
Toshkent shahrining Sergeli tumanida 3 ta, Chilonzor tumanida esa 2 ta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 25-may kuni soat 00:15 larda Sergeli tumanidagi Qipchoq koʻprigi ustida katta tezlikda harakatlangan “Lacetti” rul boshqaruvini yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketgan. Shundan soʻng oʻz yoʻnalishda kelayotgan “Tracker-2” hamda “Matiz” rusumli transport vositalari bilan toʻqnashgan.
Mazkur YTH oqibatida “Lacetti” haydovchisi, “Matiz” haydovchi va yoʻlovchiga birinchi yordam koʻrsatilgan.
Shu kunning oʻzida, soat 01:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh koʻchasida 24 yoshli M.T. “Nexia-3” rusumli transport vositasida rul boshqaruvini yoʻqotib, yoritgichlar ustuniga borib urilgan. Toʻqnashuv oqibatida mashina qarama-qarshi yoʻnalishga oʻtib ketgan hamda 28 yoshli A.A. boshqaruvidagi “Lacetti” bilan toʻqnashib yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.
Ushbu hodisa tufayli har ikkala transport vositasi haydovchisi hamda “Nexia-3” yoʻlovchisiga birinchi yordam koʻrsatilgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring