Toshkentdagi futbol musobaqasida ommaviy janjal yuz berdi

16:45 30 May 2025 Jamiyat
210 0

Ijtimoiy tarmoqlarda futbol musobaqasi doirasida raqib jamoalar oʻzaro janjallashib ketgani aks etgan videolar tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 28-may kuni taxminan soat 21:00 larda Shayxontohur tumani “Jar” oʻyingohida “LikeCup” loyihasi doirasida sanʼatkorlar va blogerlar oʻrtasida futbol boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Oʻyin yakunlanganidan soʻng 21 yoshli O.Oʻ. ijtimoiy tarmoqlarda obunachilarini koʻpaytirish va ushbu oʻyinga ommani eʼtiborni yanada koʻproq jalb qilish (piar) maqsadida goʻyoki jamoalar oʻrtasida janjal yuz berganini sahnalashtirishgan.

“Jamoat tartibini mensimaslik va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi bu kabi xatti-harakatlar uchun javobgarlik belgilangan”, deyiladi IIBB xabarida.

Shunga asosan ushbu holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv oʻtkazilib, turnir ishtirokchilari bilan profilaktik suhbat oʻtkazilgan. Yuqoridagi vaziyat jamoatchilik oʻrtasida keskin eʼtirozlar keltirib chiqqani va huquqbuzarlik sodir etilishiga sabab boʻlgani uchun “LikeCup” loyihasi vaqtincha toʻxtatilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan loyiha tashkilotchilari, ushbu janjalni sahnalashtirganlar va unda ishtirok etgan barchaning shaxsi aniqlanib, ularga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrishlik uchun jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tumani sudiga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер