Toshkentdagi ayanchli YTHda mototsiklchi halok boʻldi

14:59 29 Aprel 2025 Jamiyat
217 0

Toshkent shahri Yunusobod tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida mototsikl haydovchisi halok boʻldi. Bu haqda shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa bugun, 29-aprel kuni soat 09:40 larda Yunusobod tumani KHAY koʻchasida yuz bergan. 34 yoshli M.A. boshqaruvida boʻlgan “Hyundai” rusumli avtomashina va 39 yoshli Z.Sh. boshqaruvidagi “Kavasaki” rusumli mototransport vositasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

Kollaj: “Xalq soʻzi”

YTH oqibatida mototransport vositasining haydovchisi voqea joyida vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan poytaxt IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер