Toshkentdagi “Aviator” savdo majmuasida yongʻin chiqdi. Qurbon bor
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yashnobod tumanida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, bugun, 31-yanvar kuni soat 15:47 da Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Parkent yoʻli koʻchasida joylashgan “Aviator” savdo majmuasida yongʻin boʻlayotganligi toʻgʻrisida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat kelib tushgan.
Mazkur murojaatga asosan qutqaruv ekipajlari soat 15:53 da voqea joyiga yetib borib, birinchi navbatda bino ichidagi barcha fuqarolarni evakuatsiya qilgan. Yongʻin soat 16:50 da qurshab olinib, soat 17:17 da toʻliq oʻchirilgan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻindan soʻng olib borilgan dastlabki oʻrganish ishlari davomida vayronalar ostidan bir nafar fuqaroning jasadi topilgan. Ayni vaqtda yongʻinning kelib chiqish sabablari va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring