Toshkentdagi Anhor kanalidan erkak jasadi topildi
Joriy yil 20-aprel kuni tushlik vaqtida Xalq taʼlimi vazirligi Matbuot kotibi Laylo Rustamova hamkasbi bilan sayr qilib yurgan vaqtida Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Labzak mahallasidan oqib oʻtuvchi Anhor kanalida nomaʼlum erkak jasadi oqib ketayotgani guvohi boʻlgan va darhol bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Bosh prokuratura Matbuot xizmatiga maʼlum qilgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, voqea joyiga yetib borgan Shayxontohur tumani prokurori rahbarligidagi tezkor tergov guruh tomonidan murdani koʻzdan kechirish jarayonida unda kuch ishlatish holatlari va tan-jarohatlari aniqlanmagan.
Surishtiruv harakatlari davomida joriy yil 21-aprel kuni qoʻl barmoq izlarini tekshirish orqali murdaning shaxsi aniqlangan.
Marhumning oʻlimi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Holat yuzasidan tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Ostonadagi kinoteatrda yirik yongʻin yuz berdi (+video)
- Inson hayotidagi bosqichli davrlar. Qarish jarayoni bir tekis kechmasligi maʼlum boʻldi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring