Toshkentda yuz bergan yongʻin oqibatida ikki kishi halok boʻldi
Videodan kadr
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi texnopark hududida yirik yongʻin sodir boʻldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 1-may kuni soat 07:01 da poytaxtning Yakkasaroy tumani Qoʻshbegi koʻchasida joylashgan Yakkasaroy kichik sanoat zonasi hududidagi sintepon ishlab chiqarish sexida yongʻin roʻy berganligi toʻgʻrisida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin -qutqaruv ekipajlari soat 07:04 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin 07:45 da oʻrab olingan va soat 08:09 da oʻchirilgan.
Alanga bartaraf etilgandan soʻng, voqea joyini oʻrganish davomida ikki nafar fuqaroning jasadi aniqlangan. Shuningdek, 5 nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga yuborilgan.
“Yongʻin ishlab chiqarishda texnologik jarayonni buzilishi natijasida yuzaga kelganligi taxmin qilinmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.
Bildirilishicha, yongʻinni bartaraf etishga 11 ta asosiy, 6 ta maxsus turdagi yongʻin oʻchirish texnikalari jalb etilgan. Voqea joyiga FVV rahbariyati, Toshkent shahar FVB boshligʻi va tuman FVB rahbar xodimlari, IIB, SSB hamda prokuratura masʼul xodimlari chiqqan.
Hodisa oqibatida sexning taxminan 700 kv.m maydonda — tomi, shifti va mahsulotlari yonib zararlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring