Toshkentda yana bir koʻcha 1 haftaga yopildi

21:56 03 Iyul 2025 Jamiyat
184 0

Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Ohangaron shoh koʻchasida transport vositalari harakati vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 3-iyul kunidan boshlab, TXAY-Ohangaron shoh koʻchalari aylanma harakatidan — Ohangaron shoh koʻchasi boʻylab Sharq YPX maskanigacha boʻlgan qismi 10-iyul kuniga qadar yopiladi.

IIBB haydovchilarga muqobil yoʻnalishlardan foydalanib, Husayn Boyqaro, Parkent yoʻli, Xonobodtepa, Shohimardon koʻchalaridan harakatlanishlarini tavsiya etgan.

“Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz”, deyiladi boshqarma xabarida.

Eslatib oʻtamiz, poytaxtdagi Sodiq Azimov va “Oʻzbekiston ovozi” koʻchalari kesishmasi ham 2-iyul soat 12:00 dan 5-iyul soat 08:00 gacha avtoulovlar harakati vaqtincha toʻxtatilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер