Toshkentda yana bir avtomobilda yongʻin sodir boʻldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Uchtepa tumanida avtomobil yonib ketganligi toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, bugun, 15-sentyabr kuni soat 00:23 da Toshkent shahar Uchtepa tumani, Shaftolizor koʻchasida harakatlanib ketayotgan avtomobilda yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan. Natijada avtomobilda yongʻin kelib chiqqan.
Mazkur holat yuzasidan yordam zarurligi toʻgʻrisida poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatga asosan yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 00:30 da yetib borgan va yongʻin soat 00:36 da toʻliq oʻchirilgan.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, mazkur yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar aniqlanmagan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Andijon tumanida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan va siqilgan gaz toʻldirish shoxobchasi hududida “MAN” rusumli yoqilgʻi tashuvchi avtomobili sisternasidan propan suyultirilgan gazni toʻkish vaqtida texnologik jarayon buzilishi oqibatida yongʻin kelib chiqqan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring