Toshkentda uy eshiklarini poylagan yigit 5 sutkaga qamaldi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda bir yigit Toshkentdagi xonadonlarning eshigini poylab yurgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu uyda yashovchilarning arizasiga koʻra yigit shaxsi aniqlanib, unga nisbatan tegishli chora koʻrildi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga Toshkent shahar sudidagi manbasi xabar berdi.
Bildirilishicha, 24 yoshli gumondor A.B. holat boʻyicha IIB binosiga chaqirilgan, biroq u idoraga kelishdan bosh tortib, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.
Gumonlanuvchining soʻzlariga koʻra, u joriy yilning 2-may kuni tungi soat 02:30 atrofida Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek koʻchasidagi koʻpqavatli 142-uyning oldidan oʻtib ketayotgan vaqtida, yordam soʻrab chaqirgan ovozni eshitgan.
Shu sababli aynan kim yordam soʻrayotganini bilish maqsadida ushbu uyning toʻrtinchi yoʻlagidagi xonadonlarini koʻz tirqishlariga qarab, xonadonlarni eshitgan. Oqibatda xonadonda yashovchilarni qoʻrqitib, ularning tinchligini buzgan.
Ushbu holat yuzasidan kecha, 23-may kuni Mirzo Ulugʻbek tuman sudida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi 1-qismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ayblanayotgan A.B.ga nisbatan sud hukmi oʻqilgan.
Unga koʻra, sudlanuvchi yuqoridagi moddalar bilan aybdor deb topib, unga nisbatan 5 (besh) sutka maʼmuriy qamoq hamda BHMning 5 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring