Toshkentda “BMW” haydovchisi piyodani urib yubordi
Illyustrativ foto
Toshkentda “BMW” haydovchisi piyodalar yoʻlakchasidan oʻtayotgan yoʻlovchini urib ketdi. Bu haqda IIBB YHXB matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 29-avgust kuni soat 21:10 larda Chilonzor tumani Muqimiy koʻchasida,“BMW” rusumli avtomashina haydovchisi, tartibga solingan piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan 1977-yilda tugʻilgan piyodani urib yuborganligi natijasida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.
Hodisa oqibatida yoʻlovchiga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha yoʻl harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini tezlikni belgilangan meʼyorlardan oshirmasliklarini soʻraymiz”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring