Toshkentda taroveh namozi vaqtida ayrim koʻchalar yopiladi
Toshkent shahrida Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi oʻqiladigan masjidlarda harakat xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash maqsadida ayrim koʻchalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Unga koʻra, bugun, 18-fevral kunidan boshlab har kuni soat 18:00 dan 24:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yoʻllar transport vositalari harakati uchun cheklanadi.
Mirzo Ulugʻbek tumanida:
• Tepa masjidi — Doʻrmon yoʻli koʻchasidan Olimlar koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.
Bektemir tumanida:
• Alibek masjidi — Muxtor Avezov koʻchasidan X.Boyqaro koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.
Yashnobod tumanida:
• Islomota masjidi — Fargʻona yoʻli koʻchasi ikkinchi darajali yoʻldan Zarkent va Obishir koʻchalariga qadar harakat cheklanadi.
• Ali ibn Abu Tolib masjidi — Choʻlpon koʻchasidan Salohiyat koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.
Mirobod tumanida:
• Valixoʻja oʻgʻli Norxoʻja masjidi — Yangi-Qoʻyliq-Fayziobod koʻchalari kesishgan chorrahadan 5-tor Fayziobod koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.
• Qoʻyliq ota masjidi — TXAY — Qoʻyliq ota koʻchalari kesishgan chorrahadan Yangi Qoʻyliq tor koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.
Sergeli tumanida:
• Maʼruf ota masjidi — Choshtepa koʻchasidan 1-tor Choshtepa koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.
• Noʻgʻay qoʻrgʻon masjidi — Yangi Sergeli–S.Xoʻjanov koʻchalari kesishmasidan — S.Xoʻjanov Mohidil koʻchalari kesishmasigacha qadar harakat cheklanadi.
Yakkasaroy tumanida:
• Usmon bin Maʼzum masjidi — KXAY-Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY-Qushbegi chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
• Yakkasaroy masjidi — Sh.Rustaveli-Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy-Bogʻuboʻston chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
• Rakat masjidi — J.Shoshiy koʻchasidan Askiya koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.
Yangihayot tumanida:
• Niyozmat ota masjidi — TXAY-Binokor chorrahasidan Pastdarxon mahallasiga kirish qadar harakat cheklanadi.
Shayxontohur tumanida:
• Shayx Zayniddin (Koʻkcha) masjidi — Koʻkcha Darvoza-Nurafshon chorrahasidan Koʻkcha Darvoza — Beshqayragʻoch chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
• Kamolon masjidi — Bunyodkor-Kamolon chorrahasidan Kamolon-2-tor Ustazoda chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
Olmazor tumanida:
• Hazrati imom masjidi — Nurafshon-Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy — Abdulla Qodiriy chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
• Islomobod masjidi — KXAY-Sagʻbon chorrahasidan Nurafshon-Sagʻbon chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
• Doʻstjonboy (Sulola) masjidi — Sagʻbon-12-tor Sagʻbon chorrahasidan Keles yoʻli-Noraztepa chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
Yunusobod tumani boʻyicha:
• Mirza Yusuf masjidi — Bogʻishamol koʻchasida Shivli koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.
Uchtepa tumanida:
• Abdullox ibn Masʼud (Katta Qani) masjidi — Katta Qani aylanmasidan Lutfiy-Katta Xirmontepa koʻchasi chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
• Xazrati Ali masjidi — Nazarbek-Mahorat chorrahasidan Nazarbek-1-tor Zamaxshari koʻchasigacha qadar harakat cheklanadi.
Chilonzor tumanida:
• Novza masjidi — Bunyodkor-Muqumiy koʻprigi tagidan 2-darajali yoʻl, Bunyodkor-Kamolon koʻprigiga qadar harakat cheklanadi.
• Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi — Al-Xorazmiy-Gavhar chorrahasidan Soʻgalliota koʻchasiga qadar harakat cheklanadi.
• Ubay ibn Kaʼf (Boʻrijar) masjidi — Al-Xorazmiy-Katta Xirmontepa chorrahasidan, Al-Xorazmiy koʻchasi boʻylab, Al-Xorazmiy-Katta Qani chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.
Ushbu koʻchalarda faqatgina maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring