Toshkentda “Spark” butunlay yonib ketdi
Foto: Toshkent shahar FVB
Toshkent shahri Sergeli tumanida “Spark” rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 25-iyun kuni soat 09:34 da Sergeli tumani Porloq koʻchasida “Spark” rusumli avtomobil yonayotganligi toʻgʻrisida shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 09:42 da aytilgan manzilga yetib borib, 3 daqiqada alangani bartaraf qilgan.
Qayd etilishicha, manzilda “Spark” avtomobili toʻliq yonib zararlangani hamda uning yonida turgan “Cobalt” rusumli mashinaning yon tomoni kuzov qismi yonib zararlangani aniqlangan.
Yongʻin oqibatida jabrlanganlar yoʻq. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Toshkentda Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni munosabati bilan matbuot anjumani oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring