Toshkentda soʻnggi 10 kunda liftda qamalib qolish bilan bogʻliq 4 ta holat yuz berdi
Toshkent shahrida liftda qamalib qolish holatlari koʻpaymoqda. Soʻnggi 10 kun ichida bunday 4 ta hodisa yuz berdi. Bu haqda FVV xabar qilgan.
Bugun berilgan xabarga koʻra, soat 11:33da Toshkent shahar FVBga “112” tizimi orqali Shayxontohur tumani Beltepa mavzesida joylashgan koʻp qavatli uylarning birida lift ichida fuqarolar qamalib qolgani haqida maʼlumot kelib tushgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan qutqaruvchilar yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida liftni ochishgan va fuqarolar sogʻ-salomat qutqarilgan.
Maʼlum boʻlishicha, fuqarolarning lift ichida qamalib qolish holati ilk bor sodir boʻlayotgani yoʻq. Jumladan, shu kabi holatlar 30-mart va 6-aprel kunlari Yunusobod hamda Mirzo Ulugʻbek tumanlarida ham kuzatilgan. Unda lift ichida qamalib qolganlarning aksari bolalar ekanligi maʼlum boʻlgan. Qutqaruvchilar hodisa joyiga yetib kelib, maxsus asbob-anjomlar yordamida liftni ochishgan va bolalar sogʻ-salomat qutqarib olingan.

Lift bilan bogʻliq noxush vaziyatlar asosan elektr energiyasi yetishmasligi, qurilmada haddan tashqari yuk borligi yoki uning texnik holati yomon, eski boʻlishi tufayli yuzga keladi. Fuqarolar shularni hisobga olgan holda harakat qilishi va ehtiyotkorlikni qoʻldan boy bermasliklari maqsadga muvofiqdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring