Toshkentda soxta oltin quymalarini 70 ming dollarga pullamoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

Toshkent shahrida quyma oltinga oʻxshatib tayyorlangan metallarni 70 000 AQSH dollariga pullamoqchi boʻlgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan fuqarolar X.U. va A.D. umumiy ogʻirligi 2,06 kg boʻlgan oddiy metallga tilla rangini berish orqali quyma oltinga oʻxshatib tayyorlangan (999,9 asllik belgisi tamgʻasi muhrlangan) metallarni sotmoqchi boʻlgan.
Ular oʻzaro til biriktirib M.S va R.L.ga metallarni 70 ming dollarga sotishga kelishgan. Firibgarlar pullar hisobidan 35 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring