Toshkentda soxta DXX xodimi pora bilan ushlandi
Foto: DXX
Toshkent shahrida oʻzini Davlat xavfsizlik xizmati xodimi deb tanishtirgan firibgar shaxs ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, poytaxtda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahrida yashovchi 40 yoshli fuqaro oʻzini goʻyoki DXX xodimi deya tanishtirib, Namangan viloyatida roʻyxatdan oʻtgan xususiy korxona nomiga olib kelingan tovarlarni Bojxona qoʻmitasining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasida ishlovchi tanishlari orqali hech qanday muammosiz bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazdirib berishini aytgan.
DXX va bojxona idoralari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, ushbu hojatbaror fuqaro korxona rahbaridan firibgarlik yoʻli bilan har bir yuk partiyasi uchun 500 dollardan jami ming dollar miqdoridagi pul mablagʻlarini olgan vaqtida ushlangan.
Aniqlanishicha, mazkur shaxs korxonaga xorijdan import qilinayotgan avtomobil ehtiyot qismlarini bojxona rasmiylashtiruvidan tezlashtirib chiqarib berayotganligini aytib, korxona rahbaridan muqaddam ming dollar olgan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring