Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar Hududlari rahbarlari forumi boʻlib oʻtadi

06:05 28 Iyul 2022 Siyosat
756 0

Joriy yilning 3-4-avgust kunlari Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik qilishi doirasida Hududlar rahbarlari forumi boʻlib oʻtadi.

Forumning asosiy maqsadi SHHTga aʼzo davlatlar eʼtiborini turizm, madaniyat va qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirish masalalariga jalb etishdan iboratdir.

Ikki kunlik tadbir dasturi yalpi majlis va uchta panel munozaralari, shuningdek, Tashkilotga aʼzo mamlakatlar ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida boʻlib oʻtadigan biznes-forumni oʻz ichiga oladi.

Panel munozaralarida ishtirokchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash boʻyicha qoʻshma yuqori texnologik loyihalar, qishloq xoʻjaligi sohasida, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish, shuningdek turizm va transport logistikasi sohasidagi hamkorlikka eʼtibor qaratiladi.

Hududlar rahbarlari forumi SHHTga aʼzo mamlakatlarga mintaqani yanada rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlarini har tomonlama koʻrib chiqish imkonini beradigan muloqot platformasi vazifasini bajaradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер