Toshkentda qariyb 290 million soʻmlik gaz oʻgʻirlagan qandolat sexi fosh qilindi

11:54 07 Yanvar 2026 Jamiyat
176 0

Toshkent shahrida 289 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan qandolat sexi fosh qilindi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Yangihayot tumani “Fayzli” MFYda joylashgan “U. B.” MCHJga qarashli qandolat ishlab chiqarish sexida xatlov oʻtkazilgan. Tekshiruv davomida isteʼmolchi tabiiy gaz tarmogʻiga toʻgʻridan toʻgʻri ulanib olgani fosh qilingan.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan va 289 million 267 ming soʻm zarar hisoblangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?