Toshkentda qariyb 260 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ fosh qilindi

14:23 28 Iyun 2025 Jamiyat
238 0

Toshkent shahrida tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya etmayotgan va noqonuniy foydalanib kelgan MCHJ aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” xabar berdi.

Unga koʻra, “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda Uchtepa tumanida oʻtkazilgan navbatdagi reyd jarayonida navbatdagi qonunbuzilish holati fosh etilgan.

Aniqlanishicha, tumanning Sharq koʻchasida joylashgan “C. M. S.” MCHJga qarashli binoda tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi loyiha-texnik hujjatlarisiz tabiiy gaz tarmogʻiga ulanib olgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, 258 million 73 ming soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilingan. Shuningdek, barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер