Toshkentda qalbaki payvandlash elektrodlarini ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh qilindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolar S.N. va boshqalar yashirin sex tashkil qilib, “M.A.” MCHJ tomonidan ishlab chiqariladigan “Arsenal” nomli payvandlash elektrodining qalbaki nusxasini ishlab chiqarib, fuqaro N.S.ga 66 quti qalbaki elektrodni sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Tezkor tadbir davomida, yashirin sexdan umumiy bahosi 855 million soʻmlik 17 turdagi 36 ming 760 quti elektrod, mahsulot haqida maʼlumot beruvchi qalbaki shtrix kod markirovkalar va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring