Toshkentda qalbaki 9,9 ming dollarni sotganlar ushlandi

13:43 13 Yanvar 2026 Jamiyat
201 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrida qalbaki AQSH dollarlarini oʻtkazmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Yunusobod tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Sh.Y. va E.A. qalbaki 9,9 ming dollarni 5 ming dollariga fuqaro A.B.ga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Toʻrtkoʻl tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.X. qalbaki 700 dollarni bank muassasasida ayirboshlash uchun kassaga taqdim qilgan vaqtida ushlanib, qalbaki 700 dollar ashyoviy sifatida olingan.

Bildirilishicha, hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?