Toshkentda Oʻzbekiston—Misr biznes-forumi boʻlib oʻtdi
Misr Ishbilarmonlar kengashi raisi Motaz Raslan boshchiligidagi delegatsiya 3-5-iyun kunlari tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlib turibdi.
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi maʼlumotiga koʻra, tashrif davomida 100 dan ortiq oziq-ovqat, charm, kimyo sanoati, transport-logistika, elektrotexnika va boshqa sohalarda ish yurituvchi ishbilarmon doira vakillari ishtirokida Oʻzbekiston—Misr biznes-forumi hamda B2B formatidagi ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi.
Unda tegishli tarmoq birlashmalari vakillari tomonidan davlatimizning investitsion salohiyati va savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqidagi maʼlumotlar taqdim etildi.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston va Misr oʻrtasidagi tovar aylanmasi 2023-yil holatiga koʻra, 30,5 million AQSH dollarini tashkil etadi. Misrga amalga oshirilgan eksport hajmi 25,6 million dollar, import hajmi 21,5 million dollardan iborat.
Forum yakunlari boʻyicha, ikki davlat ishbilarmon doira vakillari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator kelishuvlarga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring