Toshkentda Oʻzbekiston – Qirgʻiziston hukumatlararo qoʻshma komissiyaning oʻn birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 3-may kuni Toshkent shahrida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston – Qirgʻiziston hukumatlararo qoʻshma komissiyaning oʻn birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Ikki mamlakat Bosh vazirlari boshchiligida oʻtgan yigʻilishda soʻnggi yillarda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik rishtalariga asoslangan koʻp qirrali hamkorlik hamda keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani taʼkidlandi.
Davlat Rahbarlari tomonidan hukumatlar oldiga yaqin yillarda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazish boʻyicha vazifa qoʻyilgan.
Yigʻilishda mazkur topshiriq ijrosini bajarish uchun hali foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjudligi, buning uchun import oʻrnini bosuvchi eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha yaqindan hamkorlik qilish, birgalikda yangi loyihalar ishlab chiqishni davom ettirish, ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish lozimligi bildirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring