Toshkentda “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda

20:18 18 May 2023 Iqtisodiyot
1611 0

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Shu yilning 18-20 may kunlari  Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” markaziy ko‘rgazmalar majmuasida “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” 25-yubiley xalqaro ko‘rgazmasi hamda O‘zbekiston Respublikasining 3-xalqaro energetika forumi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmada 300 dan ortiq xorijiy kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar ishtirok etmoqda. Xususan, “Gazprom”, “Lukoyl”, “Socar”, “Haldor Topsoe”, “BakerHughes GE”, “Bureau Veritas”, “WorleyParsons”, “Honeywell”, “Indorama”, “Linde AG”, “Siemens Energy”, “Huawei”, “Rosen Group”, “Zeppelin International AG”, “Sumitomo Corporation”, “Ernst&Young”, “Italuz Spa” kabi dunyoga mashhur kompaniyalar shular jumlasidandir.

Bu yil 40 dan ziyod kompaniya va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashayotgani yildan-yilga ushbu ko‘rgazma nufuzi ortib borayotganidan dalolatdir.

 Forum doirasida III Xalqaro energetika konferensiyasi ham o‘tkazilib, unda sanoatni rivojlantirishning dolzarb masalalari batafsil o‘rganiladi. Ko‘rgazma doirasida bo‘lib o‘tadigan yana bir seminarda yosh olimlar va soha mutaxassislarining innovasion g‘oyalari muhokamasi va taqdimotlari tashkil etiladi.

 Tadbirning tantanali ochilish marosimi oldidan respublika energetika sohasi xodimlari o‘rtasida “UNG YOUTH MARATHON” yoshlar marafoni, “Zakovat” intellektual o‘yini, neft va gaz sohasi bo‘yicha jamoalar o‘rtasida “Keys chempionati” hamda bolalar o‘rtasida “Yashil iqtisodiyot va qayta tiklanadigan energiya manbalari” mavzusida fototanlov   ham o‘tkazildi.

  Xalqaro ko‘rgazma ertaga ham o‘z faoliyatini davom ettiradi.

                                            Botir MADIYOROV, (“Xalq so‘zi”).     

                                            Foto: Akmal MUHAMADIYeV, (“Xalq so‘zi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер