Toshkentda oʻz uyida qurol yasayotgan shaxs qoʻlga olindi
Toshkentda uyida qurol yasagan fuqaro qoʻlga olindi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIB.
Maʼlumotlarga koʻra, 17-noyabr kuni IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan profilaktika tadbiri davomida uyida qurol yasayotgan fuqaro qoʻlga olingan. U muqaddam sudlangan 48 yoshli fuqaro boʻlib chiqdi.
Fuqaroning yashash joyida oʻtkazilgan tekshirish natijasida qoʻlbola revolver va toʻpponcha dastasi topilib, ekspertizaga oʻtkazildi.
Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur huquqbuzarlik uchun Jinoyat kodeksining 248-moddasi (Qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlovchi qurilmalarni qonunga xilof ravishda saqlash) bilan jinoiy javobgarlik qoʻllaniladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring