Toshkentda oʻtkaziladigan ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Yevrosiyo ligasida 11 ta davlat ishtirok etadi
Toshkentda anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadigan ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Yevrosiyo ligasining navbatdagi bosqichi boshlandi. Jahon kubogiga saralash vazifasini oʻtab beradigan mazkur turnirga 11 mamlakatdan ishtirokchilar tashrif buyurgan.
Musobaqaning birinchi kunida chavandozlar balandligi 120 va 140 smni tashkil etuvchi toʻsiqlardan sakrash boʻyicha 4 yoʻnalishda kuch sinashishdi.
Yakunda qirgʻizistonlik Andrey Tryapitsin («Florizel» laqabli tulporda), qozogʻistonlik Shingiz Malikajdar («Yu-Kor De Lya Vil»), qirgʻizistonlik Kamil Sabitov («Dartanyan») va Belaruslik Sergey Antanovich («Kausar») birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Hamyurtlarimiz orasida Xurshidbek Alimjonov («Leyman»), Alisher Erkinov («Prins Kornet»), Oqil Sobirjonov («Los Anjeles»), Aʼzam Tolibboyev («Bozart Du Ruet 5») sovrindorlar qatoridan joy olishdi.
Musobaqa 5-mayga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring