Toshkentda Osiyo va Okeaniya mamlakatlari sport vazirlarining yigʻilishi boʻlib oʻtadi
Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning navbatdagi 19-hukumatlararo Osiyo va Okeaniya mamlakatlari sport vazirlarining yigʻilishi joriy yilning 22-23-may kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.
Ushbu nufuzli tadbirda WADA prezidenti Vitold Banka va Bosh kotibdan tashkil topgan agentlik rahbariyati, shuningdek, 34 ta davlatdan sport vazirlari, vazir oʻrinbosarlari va antidoping sohasiga masʼul boʻlgan mutasaddilar ishtirok etadi.
Tadbirda Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi va Butunjahon antidoping agentligi oʻrtasida antidoping sohasidagi ishlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzolash rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, anjumanda antidoping sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar, kamchiliklar va oldindagi rejalar haqida soʻz yuritiladi hamda turli kelishuv shartnomalari imzolanadi. Shuningdek, mamlakatlarda sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va oldindagi rejalar haqida tor doiradagi uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring