Toshkentda “Orlando” rusumli avtomobilda yongʻin sodir boʻldi

13:13 03 May 2025 Jamiyat
224 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Shayxontohur tumani “Furqat” koʻchasida harakatlangan avtomobilda yongʻin sodir boʻlganligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, Bugun, 3-may kuni soat 11:52 da Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, “Furqat” koʻchasida “Orlando” rusumli avtomobilda yongʻin kelib chiqqan.

Ushbu holat yuzasidan FVVga amaliy yordam zarurligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan. Murojaat asosan, yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 11:58 da yetib borgan, biroq yongʻin haydovchi tomonidan avtomobilda mavjud oʻt oʻchirgich vositasi bilan oʻchirilgani maʼlum boʻlgan.

Vazirlik bergan maʼlumotlarga koʻra, “Orlando” rusumli avtomobilda sodir boʻlgan yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar aniqlanmagan. Yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер