Toshkentda oʻqituvchi 6-sinf oʻquvchisini kaltakladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi maktablardan birida oʻqituvchi oʻquvchini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Poytaxt maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, voqea Chilonzor tumanidagi 188-maktabda 23-sentyabr kuni taxminan soat 15:00 lar atrofida, ikkinchi smenada 6-“V” sinfida rus tili fani darsida sodir boʻlgan.
Dars vaqtida oʻquvchi E.G. oʻqituvchi R.O.ga gap qaytargan va tortishib qolgan. Soʻngra oʻqituvchi oʻquvchini qulogʻidan choʻzgan, oʻtirgan joyidan partasidan tortib olib chiqqan va uning yuziga tarsaki tushirgan.
Qayd etilishicha, oʻquvchiga tan jarohati etmagan, salomatligi joyida. Biroq voqeadan xabar topgan oʻquvchi E.G.ning ota-onasi oʻqituvchining bu xatti-harakati yuzasidan huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, rus tili fani oʻqituvchisi R.O. sinov muddati bilan maktabga ishga taklif qilingan, rasman ishga qabul qilingani boʻyicha hali buyruq chiqmagan. Yuqoridagi voqea esa uning dastlabki ish kunida sodir boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring